<
  • Test sinovlari karantin cheklovlari tugagandan so‘ng 1-avgustdan boshlanishi belgilanmoqda. Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

  • Ro‘yxatdan o‘tish Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda joriy yildan boshlab ishga tushirilgan Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn tartibda amalga oshiriladi.

    Abituriyentga Davlat test markazining rasmiy abitur.dtm.uz sayti orqali uyidan chiqmagan holda mobil telefon ilovasi yoki kompyuter yordamida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi.

  • Ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya qilingan badiiy asarlardan test topshiriqlari soni ko‘payadi. Matnli test topshiriqlari tuzilmoqda.

    Matn tarkibidagi so‘zlarning to‘g‘ri qo‘llanganligi, gaplarning to‘g‘ri shakllantirilganligini aniqlash, matndagi so‘zlarning ma’nosini topish va matnning asosiy mazmunini tushunishga yordam beruvchi test topshiriqlari shakllantiriladi.